09:15 / 04.04.2016
1588

Turkiya yangi Altay tanklarini ishlab chiqarishga tayyorligini ma'lum qildi

Turkiyaning eng yirik mudofaa kompaniyasi Otokar yangi Altay tankini ishlab chiqarishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu tank Turkiyada ishlab chiqarilgan bunday turdagi birinchi seriyali harbiy mashina bo‘ladi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

"Bizga Altay’ni ishlab chiqarish vazifasi berildi va biz barcha sa'y-harakatlar va tajribamizni vatanimiz shon-shavkati uchun qo‘llaymiz", deb aytdi Otokar boshqaruv kengashi raisi Ali Koch. U loyihaga ittifoqdosh davlatlar tomonidan qiziqish bildirilayotganini va Altay uzoq muddatli istiqbolda yaxshi eksport salohiyatiga ega ekanligiga ishonchi komilligini aytdi.

Yangi tank ustida ishlar Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi bilan birgalikda 2007 yildan beri olib borilgan. 2011 yilda tankning birinchi namunaviy nusxasi namoyish qilingan. Yangi tank negizida Janubiy Koreyaning K-2 Black Panther tankida qo‘llangan texnologiyalar yotadi.

Turkiya umumiy hisobda bunday tanklardan 1000 dona sotib olmoqchi. Bu tanklar 4 bosqichda 250 tadan ishlab chiqarishi ko‘zda tutilgan.

Taxminlarcha, yangi tankning og‘irligi 60 tonnani tashkil qiladi. U 1,5 ming ot kuchiga ega dvigatel, pnevmopodveska va barqarorlashtirilgan 120 mm kalibrli pushka bilan jihozlanadi.

Top