09:55 / 04.04.2016
2047

Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi vakillari O‘zbekistonda bo‘ldi

Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi bosh kotibi Sharon Barrou rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekiston respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonda turli soha xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar bilan bevosita tanishish, ijtimoiy sohada hamkorlik va muloqotni rivojlantirishdir.

Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan Xalqaro konfederatsiya a'zolarining hamkorligi masalalari muhokama etildi.

Ular tashrifi doirasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli Toshkent yo‘lovchi tashish vagonlari qurish va ta'mirlash zavodida bo‘lishdi.

Mehmonlar bu yerda zavod ishchi-xodimlari bilan uchrashib, mehnat sharoitlari, zavod qoshidagi Salomatlik markazi faoliyati bilan tanishishdi.

Delegatsiya vakillari, mehnat muhofazasi va xavfsizligi ta'minlanganiga alohida e'tibor qaratar ekan, zavod ishchi-xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoya qilinayotganini yuqori baholashdi.

Top