07:02 / 05.04.2016
2135

Air France ro‘mol o‘rashni istamagan styuardessalarga Eronga bormaslikka ruxsat berdi

Air France aviakompaniyasi ro‘mol o‘rashni istamagan styuardessalarga Eronga reyslardan voz kechishga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda aviakompaniya matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, aviakompaniya Tehronga reyslarni qayta boshlashdan avval styuardessalar "parvoz vaqtida shimlar va erkin turuvchi kurtkada bo‘lishlari, samolyotdan tashqarida esa sochlarini va boshlarini ro‘mol bilan o‘rashga" chaqirilgan xizmat maktubini chop etdi.

Aviakompaniyaning bu talablari styuardessalarning noroziligini keltirib chiqardi.

"Tehronga boruvchi reysga styuardessa yoki uchuvchi belgilanganda, Air France ularga reysdan voz kechish yoki uni almashtirish imkonini beradi. Barcha xodimalar ro‘mol o‘rashdan voz kechishlari haqida barvaqtroq xabar berishlari kerak bo‘ladi", deyildi kompaniyada.

Avvalroq Yevropaning bir qator aviakompaniyalari 5 yillik tanaffusdan keyin Eronga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotganlari ma'lum qilingandi.

Top