11:11 / 05.04.2016
1434

Diyego Godin: «Men o‘yinga 100 foiz tayyorman. «Barselona» to‘sig‘idan o‘tishni istayman»

«Atletiko» jamoasi himoyachisi va sardori Diyego Godin «Barselona»ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men jarohatlarimdan to‘la tuzalish uchun chin dildan harakat qildim. Hozirda o‘yinga 100 foiz tayyor holatdaman va oldindagi uchrashuvda maydonga tushishni intiqlik bilan kutmoqdaman.

Raqiblar safida Lionel Messi qaysi chiziqdan o‘rin olishidan qat'i nazar alohida vazifani bijaradi. Lekin «Barselona» faqat bir futbolchiga bog‘lanib qolmagan. Shunday ekan, faqat Messini zararsizlantirish bilan ish bitmaydi. Biz butun bir jamoani to‘xtatishimiz kerak bo‘ladi.

Grizmann «Atletiko»dagi eng asosiy ishni bajarmoqda. Antuan jamoada xilma-xillikni yuzaga keltiradigan futbolchi, u qayyerga qo‘yilsa o‘sha joyda o‘ynayveradigan futbolchi. U natijani hal qila olishi mumkin.

Men «Barselona»ga qarshi o‘yinni intiqlik bilan kutmoqdaman. Chempionlar ligasi finaligacha borishni istayman. Biz bu turnirdagi ishtirokimiz bilan barchani hayron qoldirishni istaymiz.

Hozirda «Atletiko» 2 yil oldin YeChLda «Barselona»ga mag‘lub bo‘lgan jamoa emas. Hozir biz yangi chaqiriq oldik va uni qabul qildik», – deydi urugvaylik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» – «Atletiko» o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv bugun, Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

Top