11:38 / 05.04.2016
1919

Dunyo miqyosida harbiy xarajatlar miqdori 1,7 trillion dollarga yetdi

2015 yilda qurollanishga ketgan xarajatlar miqdori dunyo bo‘ylab bir foizga oshdi va 1,7 trillion dollarga yetdi. Bu haqida dunyo muammolari bilan shug‘ullanuvchi Stokgolm tadqiqot instituti ma'lum qiladi. Rossiya bu reytingda 4-o‘rinni egallagan - 66,4 milliard dollar harbiy maqsadlarga safarbar qilingan. Bu ko‘rsatkich 2014 yildagidan 7,5 foizga ko‘p.

Harbiy xarajatlar reytingida AQSh yetakchilik qilmoqda. Chiqimlar 2,4 foizga kamayganiga qaramay, umumiy qiymat 596 milliard dollarni tashkil etdi. 2-o‘rin Xitoyga tegishli - 215 milliard dollar, xarajatlar 7,4 foizga ko‘paygan.

Uchlikni Saudiya Arabistoni mamlakati yakunlaydi - 87,2 milliard dollar, chiqimlar 5,7 foizga ortgan.

"2015 yilning harbiy maqsaddagi xarajatlari kontrast tendensiyani namoyish etadi: bir tomondan ular dunyoning turli burchaklarida ortib borayotgan ziddiyatlarni aks ettirsa, boshqa tomondan oxirgi o‘n yillikdagi neft bilan bog‘liq harbiy chiqimlarning kamayishini ko‘rsatadi", dedi loyiha rahbari Sem Perlo-Friman.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday o‘zgaruvchan siyosiy va iqtisodiy vaziyat keyingi yillarda tushunib bo‘lmas tus oladi.

SIPRIning yillik ma'lumoti AQSh va Rossiya 2011-2015 yillarda qurol eksporti bilan shug‘ullanuvchi eng yirik davlatlar ekanligini ko‘rsatadi. Qurol savdosining 58 foizi shu ikki davlatga to‘g‘ri keladi. Harbiy eksportning 33 foizi AQShga, 25 foizi Rossiyaga tegishli.

Top