21:57 / 05.04.2016
1397

Erdo‘g‘an terrorchilikda gumon qilinuvchilarni fuqarolikdan mahrum qilishni taklif qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat terrorchilarni qo‘llab-quvvatlovchi fuqarolarni fuqarolikdan mahrum qilish borasida o‘ylab ko‘rishi kerakligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Erdo‘g‘an bu haqda Anqaradagi nutqida aytib o‘tdi. U Turkiya hukumati "terrorchilar bilan nimanidir muhokama qilishi kerakmasligini" qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Avstraliya parlamenti terrorchilik faoliyatida gumon qilinuvchi, ikki davlat fuqaroligiga ega avstraliyaliklarni Avstraliya fuqaroligidan mahrum qiluvchi qonunni qabul qilgani ma'lum qilingandi.

Ayni vaqtda Rossiya Davlat dumasiga Rossiyaga qarshi harbiy ixtiloflarda ishtirok etuvchi terrorchilar va shaxslarni fuqarolikdan mahrum qilish haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun kiritilgan.

Top