10:45 / 05.04.2016
1446

Eronning Mahan Air aviakompaniyasiga Saudiya Arabistoniga parvoz qilish taqiqlandi

Saudiya Arabistoni podshohlik fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi Mahan Air aviakompaniyasiga mamlakat aeroportlariga qo‘nish hamda Saudiya havo hududidan uchib o‘tishga ruxsat berishni to‘xtatdi.

Bunga aviakompaniyaning podshohlikda parvozni amalga oshiruvchi xalqaro aviakompaniyalar samolyotlari xavfsizligini ta'minlash dasturiga oid qator tartib va qoidalarni davriy ravishda buzib kelgani sabab bo‘lgan.

Ushbu kompaniya samolyotlari orqali uchuvchi yo‘lovchilarning taqdiridan xavotirlanish sababli, Eron aviakompaniyasiga ruxsat berish to‘xtatilgan.

Saudiya Arabistoni fuqaro aviatsiyasi faoliyati to‘g‘risidagi qoidaning 163 bandiga ko‘ra, podshohlik aviatsiya boshqarmasi, xorijiy aviakompaniyalarga mamlakatga parvoz etish bo‘yicha bergan ruxsatnomalarni vaqtincha yoki butunlay olib qo‘yishi mumkin.

Eronning Mahan Air aviakompaniyasi Tehron aeroportidan 27ta yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi. Eron shaharlari qatori, Saudiyaning Jidda shahri va Bahrayn shular jumlasidan.

Top