07:10 / 05.04.2016
1401

Ozarbayjon 300 nafar harbiy halok bo‘lgani haqidagi ma'lumotlarni inkor etdi

Ozarbayjon mudofaa vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i Vagif Dargohli Armanistonning Tog‘li Qorabog‘ hududida Ozarbayjonning 300 nafar harbiysi halok bo‘lgani haqidagi ma'lumotlarini rad etdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

"Ozarbayjon yo‘qotishlarni yashirmayapti. Ayni vaqtda Ozarbayjon qurolli kuchlarining 15 nafar harbiysi halok bo‘ldi", deb aytdi Dargohli.  

Avvalroq tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasida Ozarbayjon armiyasining "katta yo‘qotishlari" haqida ma'lum qilgandi.  

Tog‘li Qorabog‘ ixtilofi hududidagi vaziyat 2 aprelga o‘tar kechasi keskinlashdi. Ixtilof tomonlari tinchlikni buzishda bir-birlarini ayblamoqdalar.

Top