15:38 / 05.04.2016
1521

Tojikistonda isyonkor general tarafdorlari jazolanmoqda

Dushanbe sudi mamlakatning sobiq mudofaa vaziri o‘rinbosari Abduhalim Nazarzodaning jiyani Alisher Nazarovni tayyorlanayotgan davlat to‘ntarishga urinish to‘g‘risida xabar bermaganlikda ayblab 3,5 yil ozodlikdan mahrum etdi.

28 yoshli Nazarov – general Abduhalim Nazarzoda akasining o‘g‘li 15 sentabr kuni maxsus amaliyot davomida sobiq mudofaa vaziri o‘rinbosari bilan birga qo‘lga olingandi, deb xabar beradi RIA “Novosti” mamlakat Oliy Sudi bergan ma'lumotlarga tayanib.

2015 yil voqealariga qadar Nazarov Dushanbe xalqaro aeroportida faoliyat yuritgan. Dushanbe va Vaxdatdagi hujumlarning ertasiga Rossiyaga qochadi. O‘tgan yilning oxirida Rossiyada qo‘lga olinib, Tojikistonga qaytarilgan.

Dushanbe sudi, shuningdek, isyonkor generalga tegishli bo‘lgan qurollarni saqlaganlikda ayblab uch nafar Mukammilov aka-ukalarga nisbatan ham hukm e'lon qildi. Ikki nafari bir yarim yildan, bittasi esa 6,5 yilga ozodlik mahrum etildi.

Bosh prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, davlat to‘ntarishga urinish ishi bo‘yicha 199 nafar odamga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, yana 40 nafar kishi qidiruvga berilgan.

Top