00:50 / 05.04.2016
1817

Ukraina avtomobil bozorida yapon va yevropa markalari yetakchilik qilmoqda

Ukrainada mart oyida 4902 ta yengil avtomobil sotildi, bu 2015 yildagi mart oyidagi ko‘rsatkichdan 117 foiz va joriy yilning fevraldagi ko‘rsatkichidan 17 foiz ko‘proqni tashkil qildi, deb xabar bermoqda Ukraina avtomobilsozlari uyushmasi "Ukravtoprom".

Uyushma ma'lumotlariga ko‘ra, Ukraina bozorida mart oyida Toyota yetakchilik qildi, bu rusumdagi mashinalardan 592 ta sotilgan. Bu ko‘rsatkich 2015 yil martidagidan 3,4 barobar ko‘proqni tashkil qilgan.

2-o‘rinni Renault egalladi, uning savdolari deyarli ikki barobarga ko‘tarildi va 512 ta avtomobilni tashkil qildi. 3-o‘rinni 277 dona avtomobil bilan Volkswagen (+83), 4-o‘rinni BMW (273 dona; +157%) va 5-o‘rinni Ford (264 dona; +288%) egalladi.

Top