21:44 / 05.04.2016
1556

Ukrainaliklar 2017 yildan Belarusga faqatgina xorijiy pasport bilangina tashrif buyura olishadi

Ukraina Belarus chegarasidan o‘tish tartibini kelishib oldi, deb xabar berilmoqda Ukraina tashqi ishlar vazirligi saytida.

"Ukraina fuqarolarining Belarusga o‘tishi faqatgina xorijiy pasportlar bilan amalga oshiriladi", deyilmoqda xabarda. Ta'kidlanishicha, Belarus fuqarolari Ukrainaga Belarus fuqaroligi pasporti bilan kiradilar, bu hujjat chegaradan tashqariga chiqish uchun pasport ham hisoblanadi.

Tomonlar bu o‘zgartirish kuchga kiradigan muddatlarni belgilab oldilar. 2017 yil 1 yanvardan xalqaro aeroportlarda ukrainaliklarning Belarusga faqatgina xorijiy pasport bilan kirishi tartibi kiritilishi rejalashtirilmoqda. Temir yo‘l va avtomobil transporti xalqaro va davlatlararo punktlarida esa buni 2017 yil 1 apreldan, mahalliy punktlarda esa 2018 yil 1 yanvardan kiritish mo‘ljallangan..

Avvalroq Belarus o‘z chegarasidan kartochka ko‘rinishidagi yangi ID-pasportlarga ega ukrainaliklarni o‘tkazmayotgani ma'lum qilingandi. Bunday pasportlar ukrainaliklarga 2016 yil 1 yanvardan boshlab berila boshlangan.

Top