09:38 / 05.04.2016
2046

Yangi Zelandiyaning sobiq bosh vaziri nomzodi BMT bosh kotibi lavozimiga qo‘yildi

Yangi Zelandiyaning sobiq bosh vaziri Xelen Klark nomzodi BMT bosh kotibi lavozimiga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Bu haqdagi rasmiy maktub BMT Bosh assambleyasiga jo‘natildi.

BMTning hozirgi bosh kotibi Pan Gi Mun o‘z lavozimidan 2016 yil oxirida ikkita 5 yillik muddat yakunlangandan keyin ketadi. Klark hozirda BMT huzuridagi rivojlanish sohasida BMTga a'zo davlatlarga ko‘mak ko‘rsatish tashkilotini (UNDP) boshqarib kelmoqda.

Klark Yangi Zelandiyada 1999 yildan 2008 yilgacha bosh vazir bo‘lgan. Uning ta'kidlashicha, u bosh kotib uchun barcha malakalarga ega va erkak nomzodlar bilan bir qatorda qaralishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, tashkilot yaratilgandan boshlab 70 yildan beri uni faqatgina erkaklar boshqarib kelgan, shuning uchun 50 dan ko‘proq davlat tarixda birinchi bor bu lavozimga ayol nomzod qo‘yilishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Hozirda bosh kotib lavozimiga qo‘yilgan nomzodlar orasida 4 nafar ayol bor.

Avvalroq Bolgariya bu lavozimga o‘z nomzodi sifatida YuNeSKO boshlig‘i Irina Bokovani qo‘ygani ma'lum qilingandi.

Mart oxirida Rossiya tashqi ishlar vazirligida BMTning yangi bosh kotibi Sharqiy Yevropa vakili bo‘lishi kerakligi aytilgandi.

Top