15:16 / 06.04.2016
2419

21 apreldan kuchga kiradigan Bojxona to‘g‘risidagi yangi Kodeksda qaysi yig‘imlar bekor bo‘ldi?

2015 yilning 20 yanvarida O‘zbekiston prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona Kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun imzolangan edi.

Yangi tahrirdagi Bojxona Kodeksida boshqarishning iqtisodiy usullariga alohida e'tibor qaratilgan bo‘lib, bu o‘zgarishlar tovarlarni olib kirish va olib chiqish, ekport-import mexanizmini tartibga solish jarayonlaridagi qoidalarda aks ettirilgan. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xodimi Husan Tangriyev bergan ma'lumotlarga asoslanib, “Sabo” nashri yozmoqda.

Muhim jihatlardan yana biri — tovarni olib kirish va olib chiqishdan boshlab, uning taqdirini belgilashga qadar butun eksport-import zanjirini tartibga solishni nazarda tutadi. Amaldagi Bojxona Kodeksida ushbu masalalar inobatga olinmagan edi.

Shuningdek, bojxona organlari tomonidan litsenziyalanadigan bojxona ombori, erkin ombor, boj olinmaydigan savdo do‘koni kabi faoliyat turlari uchun litsenziya berganlik, uni qayta rasmiylashtirganlik va amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun undiriladigan yig‘imlar bekor qilindi.

Top