11:50 / 06.04.2016
1366

Kerri: Yevropa aviaparvozlarda yo‘lovchilar haqida ma'lumotlar kiritishi kerak

Yevropa davlatlari aviaparvozlarni amalga oshirishda yo‘lovchilar haqida ma'lumotlar tizimini yo‘lga qo‘yishi kerak, deb javob berdi AQSh davlat kotibi Jon Kerri Blumberg telekanalining Bryusseldagi teraktlardan keyin xavfsizlik choralarini qanday qilib kuchaytirish mumkin degan savoliga.

"Ular shaxsiy hayot masalasiga aralashmaslikka harakat qilishadi. Biz buni hurmat qilamiz, albatta. Biroq ular to‘g‘ri xulosa chiqarib o‘rganishlari kerak, xuddi 2001 yil 11 sentabr voqealaridan keyin bizning ko‘zimiz ochilgani kabi", - dedi Kerri.

Kerri shuningdek, AQSh Bryusselga teraktlar yuz berishidan avval "xorijiy harbiylarni qidirish jamoasi" nomli guruhini jo‘natganligini ham ta'kidladi. Bu guruhning asosiy vazifasi ijtimoiy xavfsizlik tizimidagi kamchiliklarni topib, ularni bartaraf etishdan iborat.

Top