16:22 / 06.04.2016
1732

Norvegiya televideniyesidagi shoulardan birini suratga olish jarayonida kutilmagan hodisa yuz berdi

Norvegiyaning NRK milliy teleradiokompaniyasi film jamoasi Romsdal aholi punktida joylashgan Eikesdalsvatnet ko‘li yaqinida “Typical Galskap” (shunchaki ahmoqlik) shousining sahnalaridan birini suratga olish jarayonida haqiqiy ahmoqlik yuz berdi.

Gap shundaki, ssenariy bo‘yicha Richard Henriksen tog‘ chekkasiga o‘rnatilgan turnikda aylanishi lozim edi. Ammo, kutilmaganda, turnik ustuni qulab, Henriksen 1500 metrlar chamasi balandlikdan pastga otilib ketdi.

Tomoshaga mas'ul muharrir voqeadan aqlini yo‘qotishiga bir baxya qoldi.

Uning baxtiga, Henriksenga parashyut taqilgandi. Aks holda, tomosha o‘z nomiga mos bo‘lishi ham mumkin edi. Richard parashyutni ochib, sog‘-omon yerga qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan.

Top