14:25 / 06.04.2016
1411

Poroshenko biznesini sotishga xaridor topa olmayapti

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga tegishli bo‘lgan Roshen konditer konserni sarmoyadorlar e'tiborini torta olmayapti.

Bu haqda prezident Yaponiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida ma'lum qildi, deb xabar beradi TASS.

Saylovoldi va'dasini bajarmagani, ya'ni nega hamon o‘z biznesini sotib yubormagani to‘g‘risidagi savolga prezident shunday izoh berdi: “Mening kompaniyam va mening mamlakatim urush holatida turibdi, shunga xaridor topilmadi”.

Roshen korporatsiyasi – Ukrainaning eng yirik qandolat ishlab chiqaruvchi korxonasi. Korporatsiya yiliga 450 ming tonna qandolat mahsulotlari ishlab chiqaradi.

Ma'lumot uchun: Poroshenko “Forbs Ukraina” jurnali bahosi bo‘yicha “Ukrainaning eng badavlat 100 kishisi” ro‘yxatida 6-o‘rinni egallagan. Uning moliyaviy holati 858 million dollar deb ko‘rsatilgan.

Top