09:24 / 06.04.2016
1319

Rio-de-Janeyrodagi aholi turarjoyidagi portlash tufayli 5 kishi halok bo‘ldi

Rio-de-Janeyrodagi kvartallardan biridagi uyda portlash yuz berishi natijasida halok bo‘lganlar soni 5 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 9 kishi jarohatlangan. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.

O‘t o‘chirish boshqarmasida xabar berilishicha, hodisa shaharning eng qashshoq oilalari istiqomat qiladigan shimoldagi Kuelyu-Netu tumanida ro‘y bergan.

Portlash natijasida 5 qavatli binoning birinchi qavati jiddiy shikastlangan, qo‘shni uylarning derazalari to‘kilib tushgan.

Mahalliy aholi portlash yuz berishigacha 1 yildan ortiq vaqt davomida o‘tkir gaz hidini sezishgani haqida ma'lum qilgan.

Bu ma'lumot tekshirilmoqda.

Qayd etish kerakki, 12 million kishi istiqomat qiladigan bu shaharda maishiy gaz sizib chiqishi tufayli ro‘y beradigan portlashlar tez-tez kuzatilib turadi.

Top