20:31 / 06.04.2016
4122

"Uzeltexsanoat" AK "Chirchiq transformator zavodi" AJ aksiyalarini qo‘lga kiritdi

"Uzeltexsanoat" aksionerlik kompaniyasi "Chirchiq transformator zavodi" aksiyadorlik jamiyatining 23,7 foizlik davlat aktivlarini hamda Urganchdagi "Aloqa Vista" majmuasining 100 foizlik mulkini qo‘lga kiritdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatida xabar berilgan.

Buning hisobiga kompaniyaning ustav kapitali 29,3 mlrd so‘mga ortgan - har biri 1000 so‘mlik 29 302 382ta aksiya.

"Uzeltexsanoat" saytidagi ochiq ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda "Chirchiq transformator zavodi" AJdan tashqari, "Foton" AJ, "Oniks" AJ, "Sino" AJ va "Elektronik ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish markazi" davlat unitar korxonasi kompaniya tasarrufidagi korxonalar hisoblanadi. Kelishuv asosida kompaniya 30ta elektrotexnik korxonalar, kabel-uzatkich mahsulotlar, pastvoltli apparatura, liftlar, shitli jihozlar ishlab chiqaruvchi zavodlar bilan hamkorlik qiladi.

Top