15:03 / 06.04.2016
1513

Viyeyrinya: «Ronalduni bir kishi qo‘riqlashidan foyda bo‘lmaydi. Bu ishni jamoa bo‘lib bajarish kerak»

Germaniyaning «Volfsburg» klubi yarimhimoyachisi Viyeyrinya Yevropa chempionlar ligasining «Real»ga qarshi uchrashuvida Portugaliya terma jamoasidagi sherigi Krishtianu Ronaldu bilan to‘qnashuv borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Ronaldu meni do‘stimdek. U ajoyib inson va har doim yordam berishga tayyor turadi. Dunyoning eng yaxshi futbolchisini zararlantirish oson bo‘lmaydi. Buni bir kishi bo‘lib uddalashning iloji yo‘q. Shunday biz unga qarshi jamoaviy bo‘lib harakat qilishimiz lozim.

Albatta, «Real» — favorit, ammo biz chorak finalga bekorga chiqmaganimizni isbotlab berishimiz kerak», — deydi Viyeyrinya.

Top