19:54 / 07.04.2016
1711

Android 6.0 operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar soni ikki barobar ko‘paydi

Android Marshmallow operatsion tizimida (OT) ishlovchi qurilmalarning soni bir oy ichida ikki baravar oshdi. Bu haqidi Cnet nashri xabar berdi.

Android Marshmallow 2015 yilning noyabr oyida taqdim etilgan edi. Avvalroq to‘rt oy ichida Android foydalanuvchilarining 2,3 foizi yangi rusumdagi OTga o‘tganliklari haqida xabar berilgan edi. Bu ma'lumot mart oyining boshida e'lon qilingan.

Bunga qaramasdan bir oy ichida Android Marshmallow foydalanuvchilari 4,6 foiz ko‘rsatkichiga chiqib oldi. Google kompaniyasi dasturchilarning blogida bu haqida aytib o‘tdi. Bu ma'lumotlarni kompaniya Google Playga tashrif buyurgan foydalanuvchilarning qurilmalaridagi OTni tahlil qilgan holda aniqlashadi.

Hozirgi kunda Google kompaniyasining mobil OT oilasidagi eng mashhur vakili Android Lollipop hisoblanadi.

Top