16:12 / 07.04.2016
1717

Beeline abonentlari rouming xizmatidan dunyoning 185 mamlakatlarida foydalanishlari mumkin

Aloqa operatori Beeline abonentlarga dunyoning 185 mamlakatlarida mobil muloqotni amalga oshirish uchun imkoniyatni taqdim etadi, bu mamlakatlar orasida sayyohlar va ta'tilchilar uchun keng tarqalgan yo‘nalishlar bilan bir qatorda ekzotik davlatlar ham mavjud.

Beeline 2010 yildan boshlab O‘zbekistondagi yetakchi rouming-operator bo‘lib kelmoqda. Beeline ovozli rouming xizmati dunyoning 185 mamlakatida 489 ta horijiy operatorlar bilan ishonchli hamkorlik aloqalari tufayli taqdim etilgan. Beeline abonentlari GPRS-roumingdan, kompaniya 372 mahalliy uyali aloqa kompaniyalari bilan hamkorlik qilayotgan, dunyoning 161 davlatlarida foydalanishlari mumkin. CAMEL-rouming xizmati kompaniya mijozlariga 103 ta dunyo mamlakatlarida 231 operatorlar tomonidan taqdim etiladi.

Top