17:13 / 07.04.2016
1439

Bloomberg: McDonald's direktorlar kengashi rahbari nafaqaga chiqmoqda

McDonald's direktorlar kengashi raisi 86 yoshli Endryu Makkenna 25 yillik faoliyatidan so‘ng nafaqaga chiqishni rejalashtirganini ma'lum qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Kengash raisi lavozimini u oxirgi 10 yil davomida egallab kelayotgandi.

Xabarlarga ko‘ra, Makkena o‘z nomzodini qayta ovozga qo‘ymaydi va kompaniyaning faxriy a'zosiga aylanadi. Yangi kengash raisi har yili 26 mayda bo‘lib o‘tadigan aksionerlar yig‘ilishida saylanadi.

Top