14:12 / 07.04.2016
2453

iPhone 6s da Siri va 3D Touch yordamida parolni chetlab o‘tish mumkin

iOSda parol himoyasini chetlab o‘tib, bloklangan "ayfon"da saqlanayotgan rasmlar va raqamlarga chiqish imkonini beruvchi bo‘shliqni topishdi. 9to5mac tarmog‘ining xabar berishicha, kamchiliklar hattoki operatsion tizimning so‘nggi versiyasida - 9.3.1. ishlovchi iPhone 6S/6S Plus modellariga ham tegishli.

3D Touch va Siri’ni "kuchli" bosganda tryuk ish beradi. Parol bilan himoyalangan iPhone qurilmasini qo‘lga olgan yovuz niyatli kimsa avval ovozli yordamni chaqiradi va Twitter’dan qidiruvni amalga oshirishni so‘raydi (masalan, Twitter’da @yahoo.com"ni top ). Uning maqsadi - biror bir amaldagi elektron pochta manzilini o‘z ichiga oluvchi tvitni topish.

So‘ngra qaroqchi kuch bilan manbaga bosib, 3D Touch menyusini ochadi, "Yangi kontakt yaratish" - "Rasm kiritish" punktini tanlaydi va iOS qurilmasidagi "Rasm" bo‘limiga kirish imkoniga ega bo‘ladi. "Kontaktni to‘ldirish" punkti orqali ayfondagi barcha manzillar ro‘yxatini ko‘rib chiqish mumkin.

Apple "yamoq" ishlab chiqquniga qadar, muammoning eng oddiy yechimi - bloklangan ekranda qurilmaning ba'zi funksiyalariga kirishni taqiqlash. Agar sizda iPhone 6S va 6S Plus bo‘lsa, "Sozlash" - "Konfidentsiallik" - "Suratlar"ga kiring va Siri’dan qayta yoqishni olib tashlang (siz yordamchiga suratlarga kirishga ijozat bergan bo‘lsangizgina uni ko‘ra olasiz).

Agar siz ham kontaktlarni ko‘rishni taqiqlamoqchi bo‘lsangiz, bloklangan ekrandan Siri’ga kirishni umuman o‘chirib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Buni "Sozlash" - "Touch ID va parol" orqali amalga oshiriladi.

Top