16:15 / 07.04.2016
1365

Misrda sud Husni Muborak kelmagani tufayli uning ishini ko‘rib chiqishni qoldirdi

Misr Oliy sudi Kassatsion sud bosh gumondor – respublika sobiq prezidenti Husni Muborak ishtirok etmayotgani tufayli 2011 yil yanvar oyida halok bo‘lgan namoyishchilar masalasi bo‘yicha ochilgan jinoiy ish ko‘rilishini bekor qildi.

"Sud raisi Ahmad Abdul Kaviyning so‘zlariga ko‘ra, sud IIVdan “ayblanuvchining sog‘ligi va xavfsizlik nuqtai nazaridan” Muborakni yetkazish imkoni yo‘qligi to‘g‘risida maktub olgan", deb xabar beradi “Al-Vatan” nashriga tayanib TASS.

Kassatsion sudning avvalgi sessiyalari ham xuddi shu sabablar tufayli bekor qilingan edi: Oliy sud binosi Qohiraning markazida joylashgan va Muborakni havo orqali yetkazish uchun vertolyot maydoni yo‘q. Bosh gumondorni boshqa yo‘l bilan olib kelinishiga IIV hozircha ruxsat bermayapti.

“Al-Fagr” nashri ma'lumotiga ko‘ra, Muborak sud ishlarida har qanday joyda ham ishtirok etishga tayyor. U tezroq “bu ishga nuqta qo‘yilib, nihoyat, o‘zining beaybligi tasdiqlanishi”ni kutayotganini bildirgan.

Top