17:05 / 07.04.2016
1259

Niderlandiyaliklarning 60 foizdan ortig‘i Ukrainaning YeI bilan assotsiatsiyaga birlashishiga qarshi ovoz berdi

Niderlandiya Yevropa Ittifoqining boshqa a'zolari kabi Ukrainaning YeI bilan birlashishini ko‘zda tutuvchi kelishuvni ratifikatsiya qilgan. Ammo niderlandiyaliklar o‘tkazilgan referendumda bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamadi.

Niderlandiyada 6 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendumda aholining 61,1 foizi Ukraina va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi assotsiatsiya tuzilishi bo‘yicha kelishuvga qarshi ovoz bergan.

Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, uyushmani qo‘llab-quvvatlaganlar miqdori 38,1 foizni tashkil etgan.

Referendumda fuqarolarning 32,2 foizi qatnashgan va bu referendumni haqiqiy deb tan olishga asos bo‘ladi.

Petro Poroshenkoning fikricha, bu referendum tashkilotchilari Yevropaning birligiga qarshiliklarini namoyon etishdi. U oxirgi so‘zni bari bir Niderlandiya hukumati va parlamenti aytishini eslatib o‘tgan.

Top