22:05 / 07.04.2016
1718

Shvetsiya o‘z telefon raqamiga ega bo‘lgan birinchi davlat bo‘ldi

Shvetsiya o‘z shaxsiy telefon raqamiga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Endi Shvetsiyadan tashqaridagi istalgan odam +46771793336 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tasodifiy ulangan shved bilan gaplashishi mumkin bo‘ladi.

Ushbu imkoniyatga maxsus dasturni yuklab olgan shvedlar ega bo‘ladilar. Qo‘ng‘iroq shvedlardan biror-biri javob bermaguncha aksiya ishtirokchilari orasida qayta yo‘naltirilaveradi.

"Meduza" nashrining bosh muharriri Aleksandr Polivanov bu raqam bo‘yicha Shvetsiyaga telefon qildi va u Shvetsiyaning markaziy qismida joylashgan Karlstad shaharchasida yashovchi Daniel ismli shaxs bilan bog‘landi. Daniel Polivanovga dasturni o‘rnatganidan beri unga 3 kishi qo‘ng‘iroq qilganini aytgan. Uning aytishicha, unga kimdir Turkiyadan telefon qilib, "Salom" deya go‘shakni qo‘yib qo‘ygan, yana bir kishi umuman hech narsa aytmagan, texaslik bilan suhbat esa ancha davom etgan.

Top