15:24 / 07.04.2016
4772

Toshkentdagi xalqaro biznes markazi aksiyalarining davlat paketi investorlarga 32,4 mln dollarga taklif qilindi

O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasining ma'lumotiga ko‘ra, 2016 yil 1 apreldan Toshkentdagi xalqaro biznes markazi aksiyalari paketi birja savdosiga qo‘yilgan.

Review.uz nashrining rasmiy manbalarga tayanib xabar berishicha, 2015 yilning 5-6 noyabr Toshkentda Xalqaro investitsion forumida Janubiy Koreyaning Daewoo International Corporation kompaniyasi «Xalqaro Hamkorlik Markazi» AJning davlat ulushini qo‘lga kiritishi to‘g‘risidagi memorandumini imzolagandi. Biroq sotuv amalga oshmagan.

O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 10 fevralidagi "Toshkent shahridagi Xalqaro investitsion forumi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar"da ta'kidlanganidek, Forumda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar 2016 yil 1 martgacha oldi-sotdi bitimi yo‘q bo‘lsa, alternativ investorlarni jalb qilish chorasini ko‘rish huquqiga ega.

Kompaniyaning aksiyalari paketi Pasportiga muvofiq 29,9 foiz aksiyalar davlat paketining realizatsiyasidan keyin aksionerlik kapitalining tuzilishi quyidagicha bo‘ladi:
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo-sotiq vazirligi - 50, 97 foiz
Xorijiy investor - 29,9 foiz
«Uzprommashimpeks» AJ – 47.08 foiz
«O’zmarkazimpeks» AJ – 6.31 foiz
«O’zinterimpeks» AJ – 6.27 foiz
«Markazsanoateksport» AJ – 5.56 foiz
GP RXVO «Interservis» – 0.12 foiz
«O’rta Osiyo Trans» AJ – 0.02 foiz

Ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi «Xalqaro Hamkorlik Markazi» kompaniyasi 2000 yil aprelida O‘zbekiston hukumatining qarori bilan tashkil etilgan.

Uning asosiy maqsadi - xalqaro tashkilotlar, xorijiy firmalar va kompaniyalarning faoliyati uchun xalqaro talablarga javob beradigan qulay shart-sharoit yaratish hisoblanadi.

Kompaniya faoliyatining asosiy turi xorijiy kompaniyalar, firmalar, banklar va boshqa xorijiy hamda xalqaro tashkilotlarni jalb qilib, ofis va shu kabi xonalarni ijaraga berishdan iborat.

«Xalqaro Hamkorlik Markazi» AJda umumiy maydoni 79,7 ming kv.metr bo‘lgan quyidagi obektlar joylashgan: Xalqaro biznes markazi (IBC), «Tashkent Plaza» savdo markazi, Axborot markazi, Xalqaro savdo-sotiq markazi (ITC), «IBC Village» dam olish maskani, Navoiy viloyatidagi «Silk Road Palace» mehmonxonalar majmuasi.

Top