23:57 / 07.04.2016
1472

Venesuela juma kunlari ishlamaslikka qaror qildi

Venesuela hukumati dam olish kunlari sonini oshirishga qaror qildi. Endi mamlakatda juma kunlari ham ishlanmaydi. Ishchi hafta elektr energiyani tejash maqsadida 4 kungacha qisqartirildi.

"Farmon bu haftadan boshlab va aprel-may oylari davomida barcha juma kunlari dam olish kunlari bo‘lishini belgilaydi", deb aytdi Venesuela prezidenti Nikolas Maduro.

Maduroning aytishicha, bu chora elektr energiyani jiddiy tejashga imkon beradi, deb xabar bermoqda El Nacional nashri. Bundan avvalroq mamlakatda barcha davlat xizmatchilari uchun ish kuni davomiyligini qisqartirishga qaror qilingandi, ya'ni soat 7.30 dan 13.00 gacha ishlash jadvaliga o‘tildi. Bundan tashqari, hukumat savdo markazlariga ham elektr energiya berishni cheklab qo‘ydi. Shunga qaramay, aholi uchun baribir elektr energiyani navbat-navbati bilan o‘chirishga majbur bo‘linmoqda.

Venesuelada energetika milliylashtirilgan. Aholi uchun elektr energiya o‘zining asl tannarxidan bir necha barobar arzonroq narxda taqdim qilinadi.

Top