18:54 / 08.04.2016
1456

"Panamageyt": Buyuk Britaniya vaziri hayotidagi eng mudhish hafta

7 aprel kuni kechqurun Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronning otasi Ien Kemeronning ofshoridan daromad olganini tan oldi. Bu haqida "Panama arxivi"dan ma'lum bo‘ldi.

Avvallari ofshor bilan bog‘liq savollarga javob bermagan Kemeronning so‘zlariga ko‘ra, u otasining biznesida uncha katta bo‘lmagan ulushga ega bo‘lgan, ammo vazirlikka tayinlanishidan oldin uni sotib yuborgan. "Meduza" nashri Britaniya vaziriga endi nima bo‘lishi to‘g‘risida yozgan.

Devid Kemeron ofshorga aloqasi borligini istamaygina tan oldi. Uning Blairmore Holdings ofshor firmasida ulushi bo‘lgan. Vazirning bildirishicha, u 1997 yilda turmush o‘rtog‘i bilan 12,5 ming funt sterlingga kompaniyaning 5 ming aksiyasini sotib olgan. 2010 yilda yuqori lavozimga tayinlanishidan avval aksiyalarini 31,5 ming funtga sotgan. Qo‘lga kiritilgan daromad uchun soliq to‘lamagan.

"Men aksiyalarga ega bo‘lganman, albatta. Axir mening otam broker bo‘lgan", - dedi u.

Kameronning qonunni buzgani to‘g‘risida hech qanaqa hujjatlar yo‘q. Vazir ofshorlardan allaqachon uzoqlashganini va aynan o‘ziga tegishli soliqlarni qonunga muvofiq ravishda o‘z vaqtida to‘laganini bildirdi. Otasining o‘limidan keyin britaniyalik vazirga undan 300 ming funt sterling qolgan. Otasi vafoti tufayli bu pullarni topishda otasi soliq to‘lagan-to‘lamagani Kemeronga qorong‘u bo‘lib qoldi.

"Bu Kemeronning hayotidagi eng mudhish hafta bo‘lsa kerak. Britaniya vazirini to‘g‘ri javobdan qochishda va yolg‘onchilikda ayblashmoqda. Parlament a'zosi Jon Mannaning fikricha, endi konservatorlarning yetakchisida iste'foga chiqishdan boshqa chora yo‘q", deyiladi xabarda.

Biroq ofshorlar Kemeronning yagona muammosi emas. Uni Buyuk Britaniyaning YeIda bo‘lishining qanday ijobiy tomonlari borligi haqidagi bukletlarga ketgan 9 million funt sterling uchun o‘zining partiyadoshlari qattiq tanqid ostiga olishdi. Konservatorlar buni pulni ko‘kka sovurish deb tushunib, bu pullarni sog‘liqni saqlash tizimiga sarflash kerak edi. The Daily Telegraph nashrining ma'lum qilishicha, hozirgi mojaro partiya ichidagi o‘zaro kurashni yanada kuchaytiradi va konservatorlar partiyasi rahbarining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.

Top