09:39 / 08.04.2016
1542

Uchuvchilar MiG-31 samolyotlarini yerga qo‘ndirmasdan parvoz qilish bo‘yicha rekord o‘rnatishdi

Rossiya markaziy harbiy okrugi uchuvchilari qiruvchi-tutuvchi MiG-31BM samolyotlarida yerga qo‘nmasdan uzoq masofaga borish bo‘yicha yangi natija qayd etishdi.

Parvoz 7 soat 4 daqiqa davom etgan. Ushbu natijaga markaziy harbiy okrugida aviatsiya kuchlari va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarining 4 mart kuni boshlangan qo‘shma o‘quv mashqlari davomida erishilgan. Harbiy topshiriqqa ko‘ra, samolyotlar ekipajlari Krasnoyarsk o‘lkasidan Astraxan viloyatiga uchib kelishgan. Bu haqda MHO rasmiy vakili polkovnik Yaroslav Roshchupkin ma'lum qilgan.

Aytish joizki, MiG-31 samolyotlari foydalanilayotgan 36 yil davomida ilk marotaba shunday natijaga erishilgan.

Albatta, bunda qiruvchi samolyotlarni 3 marta havoda yoqilg‘i bilan ta'minlashga to‘g‘ri kelgan. Ulardan ikkitasi Perm o‘lkasida, yana biri Novosibirsk viloyati osmonida amalga oshirilgan. Sokol va Tolmachevo aviabazalaridan havoga ko‘tarilgan Il-78 yonilg‘i quyuvchi samolyotlari MiG-31BM samolyotlariga 10 metrgacha yaqinlashib, ularni yoqilg‘i bilan ta'minlagan. Umuman qiruvchi samolyotlar qariyb 8 ming kilometr masofani uchib o‘tishgan.

Top