15:49 / 09.04.2016
1496

Almazbek Atambayev: Moliyaviy inqiroz vaqtida aholi uchun elektr tariflarini oshirish mumkin emas

“Inqiroz vaqtida aholi uchun elektr tarifini oshirish mumkin emas”, — dedi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev yoqilg‘i-energetika majmuasini tartibga solish Davlat agentligi direktori Taalaybek Nurbashev va “Milliy energetika xolding kompaniyasi” OAJ boshqarmasi raisi Aybek Kaliyev bilan bo‘lgan uchrashuvda.

Davlat rahbari elektr quvvati importi va tariflarni 10 foizdan 20 foizga qadar tushirilishi hamda 2014-2017 yillarda respublikada amalga oshiriluvchi o‘rta muddatli tarif siyosati haqda to‘xtalib o‘tdi.

Almazbek Atambayev, shuningdek, 2016 yilning 1 aprelidan issiqlik quvvati tarifi 20 foizga tushirilganiga alohida to‘xtatlib o‘tdi.

Top