21:21 / 09.04.2016
1270

AQSh Yaqin Sharqqa B-52 bombardimonchi samolyotlarini yubordi

AQSh Qatardagi harbiy aviabazasiga B-52 rusumidagi strategik bombardimonchi samolyotlarni yubordi. AQSh harbiy-havo kuchlarida ma'lum qilinishicha, samolyotlar IShID jangarilariga qarshi operatsiyalarda ishtirok etadi. Shu bilan birga, Pentagon shu kungacha jangarilarga zarba berishda qo‘llangan V-1 samolyotlarini ortga chaqirtirib olmoqda. 

“B-52 samolyotlari bizning IShIDga qarshi bosim ko‘rsatish va kelajakda istalgan vaziyatda mintaqani himoya qilish istagimizni namoyish qiladi”, deb aytdi AQSh HHK general-leytenanti Charlz Braun.

Yaqin Sharqqa yuborilgan samolyotlarning aniq soni xavfsizlik nuqtai nazaridan ma'lum qilinmadi. 

B-52 samolyoti yadroviy qurol olib yura oladi. Bu samolyotdan AQShda 60 yildan ko‘proq vaqt davomida foydalanib kelinadi. AQSh HHK oxirgi marta Yaqin Sharqda bu samolyotlarni 25 yil avval – Fors ko‘rfazidagi urush vaqtida joylashtirgan edi.

Top