11:18 / 09.04.2016
1443

AQShning eng yirik banki 1,2 mlrd dollar jarima to‘laydigan bo‘ldi

Amerikaning Wells Fargo banki, hukumat ishtirokidagi ipoteka dasturiga oid yolg‘on ma'lumotlarni taqdim etganlikdagi aybini tan oldi va mamlakat g‘aznasiga 1,2 mlrd dollar jarima to‘lashga rozilik bildirdi. Bu haqda, mazkur ish yuzasidan tekshiruv ishlarini olib borgan Amerika adliya vazirligi ma'lum qilgan. Mahkama jarayonida, bankning top-menejyerlaridan biri moliya muassasasining manfaatini himoya qilgan.

Wells Fargo 2001 yil mayidan 2008 yil dekabrigacha bo‘lgan davr mobaynida, uy-joy qurilishi va shaharlarni rivojlashtirish vazirligini, ayrim ipoteka kreditlari Federal uy-joy boshqarmasi tomonidan sug‘urta qilinganiga ishontirib kelgan. Buning natijasida, AQSh hukumati vaqtida ado etilmagan ayrim kreditlar bo‘yicha sug‘urta doirasida to‘lovlarni amalga oshirishga majbur bo‘lgan.

Wells Fargo banki uchun yirik jarima bilan tugagan ish bo‘yicha surishtiruvni Nyu-York prokuraturasi olib borgan.

Top