18:41 / 09.04.2016
2850

GM Uzbekistan RFda birinchi chorakda 4,53 ming mashina sotgan

GM Uzbekistan AJ 2016 yil birinchi choragida Rossiya avtomobil bozorida 4532 dona mashina sotgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16 foizga kam demakdir. Yevropa biznes uyushmasining avtomobilsozlar qo‘mitasi shu haqda ma'lum qilgan.

2016 yil martida GM Uzbekistan dilerlari tomonidan 1677 dona mashina sotilgan, 2015 yil mart oyi bilan qiyoslaganda, 5 foiz kam natija ko‘rsatilgan. Biroq, bu 2016 yil fevral oyi natijasidan 5,7 foizga ko‘p demakdir.

Hisobot davri mobaynida, GM Uzbekistanning Rossiya avtobozoridagi ulushi 1,4 foizni tashkil etib, bu borada o‘tgan yilgi ko‘rsatkich o‘zgarishsiz qolgan.

Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, GM Uzbekistan AJ avtomobillar savdosi bo‘yicha 19 o‘rinni band etdi, deb xabar qilmoqda uzdaily.uz

Gentra modeli 2016 yil yanvar-mart oylarida eng ko‘p sotilgan avtomobillar ro‘yxatida 3308 dona ko‘rsatkich bilan 25 o‘rinni egalladi. 2015 yilning shu davrida 3090 dona Gentra sotilgan edi.

Top