11:14 / 09.04.2016
3848

Lotin Amerikasi mamlakatlari, qazib olinayotgan neft miqdori haqida axborot almashishni taklif etmoqda

Kolumbiya, Ekvador, Venesuela, Boliviya va Meksika davlatlari, uglevodorod majmuasining holatiga doir axborotlarni almashuvchi xalqaro markazni tashkil etish lozim deb hisoblamoqda. Bu haqda, Kolumbiya tog‘-kon sanoati va energetika vazirligida ma'lum qilishdi. Lotin Amerikasining 5 davlati vakillari Kitoda o‘tkazgan muloqotidan so‘ng, shunday g‘oyani ilgari surishdi.

Ushbu davlatlar ham, neft narxining, xom-ashyo ishlab chiqaruvchilar va neft xarid qiluvchi davlatlar uchun ham birdek foydali bo‘ladigan me'yorga kelishidan manfaatdordir.

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, tomonlar uglevodorod zahirasi, qazib olinishi va talabga oid ma'lumotlar almashuvini yo‘lga qo‘yish usulini ishlab chiqishga kelishib olishgan.

Mazkur muloqot, OPeK va unga a'zo bo‘lmagan neft qazib oluvchi davlatlarning shu yil 17 aprelida Doxada bo‘lib o‘tadigan anjumaniga tayyorgarlik doirasida bo‘lib o‘tgan. Rasman unda 18 davlat vakillari ishtirok etishi tasdiklangan.

Shu yilning fevral oyida Saudiya Arabistoni, Qatar, Venesuela va Rossiya energetika vazirlari Doxada uchrashib, 2016 yil davomida neft qazib olish darajasini yanvar oyi holatida saqlashga tayyorliklarini bildirgan edi. Buning uchun, bozorning boshqa ishtirokchilari ham ushbu tashabbusga qo‘shilishlari lozim bo‘ladi.

Top