12:29 / 09.04.2016
1560

Marhum aktyor Pol Uokerning qizi otasining o‘limi uchun 10 mln dollar tovon puli undirdi

"Forsaj" filmi yulduzi, 2013 yilda avtofalokatda halok bo‘lgan marhum aktyor Pol Uokerning qizi avtofalokatda otasi bilan birga Porsche avtomobilida bo‘lgan Rojyer Rodas oilasidan 10 mln dollar undirdi.

Aktyorning 17 yoshli qizi Medou Uoker avtofalokat paytida mashina rulida bo‘lgan Rodasning falokatda aybi borligini qisman isbotlashga muvaffaq bo‘ldi. 2013 yil noyabrida avtomobil egasi bo‘lgan Rodas mashinasi tezligini 130-150 km/soatgacha oshirgach, uning boshqaruvini qo‘ldan chiqargan. Oqibatda mashina chiroq ustuniga borib urilgan va yonib ketgan.

Medou Uoker u undirgan pul "otasi tirik bo‘lganda ishlab topishi mumkin bo‘lgan pulning arzimas qismi" ekanligini aytgan, deb yozmoqda Los Angeles Times nashri.

Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, aktyor "o‘zining mash'um taqdirini" oldindan bilganday 40 yoshidayoq vasiyatnoma tuzdirib qo‘ygan. U 25 mln dollarga baholanayotgan barcha boyligini o‘zining yagona farzandi Medouga vasiyat qilgan.

Top