06:13 / 09.04.2016
1691

Rossiya va AQSh Suriya konstitutsiya loyihasi ustida ishlamoqda

Rossiya va AQSh Suriyaning yangi konstitutsiya loyihasi ustida ishlamoqda, deb xabar bermoqda rossiyalik va g‘arb diplomatlariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu ish boshlang‘ich bosqichida turibdi. Shuningdek, ta'kidlanishicha, Rossiya bu borada bildirayotgan taklif Suriya hukumatining pozitsiyasiga yaqinroqdir. Ikkala davlat fikrlar almashishni davom ettirmoqdalar.   

Avvalroq Suriyaning kurd Demokratik xalq partiyasining Moskvadagi  vakili Abdusalom Ali partiya yangi konstitutsiya matni ustida ish olib borishga hali taklif olmaganini ma'lum qilgandi. Shu bilan birga Ali partiya Suriya konstitutsiyasining yozilishida to‘laqonli ishtirok etishga tayyorligini aytgan.

Top