13:24 / 09.04.2016
1596

Turkmaniston prezidenti uch nafar vazirlarini lavozimidan ozod etdi

Mamlakat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov, mehnat faoliyatidagi jiddiy kamchiliklari uchun iqtisodiyot va taraqqiyot vaziri Yeldash Sheripov, savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Bayar Abayev va davlat soliq xizmati rahbari Shatlyk Xummedovni vazifalaridan ozod etdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Prezident hukumatning joriy yil birinchi choragiga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisida shu mazmundagi farmonga imzo chekkan.

Yangi vazirlar sifatida esa, Batir Bazarov (iqtisodiyot va taraqqiyot vaziri), Dovran Orazmiradov (savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri) va Saparberdi Gundogdiyev (davlat soliq xizmati rahbari) tayinlangan.

Bundan avval, Turkmanistonda armiyaning harbiy tayyorgarligi bo‘yicha favqulodda tekshiruvlar boshlangani xabar qilingan edi.

Top