06:44 / 10.04.2016
1466

Argentina prokuraturasi sobiq prezidentga pul yuvish aybini qo‘ydi

Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshnerga pul yuvish bo‘yicha ayblov e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Argentina federal prokurori Gilermo Marixuan tergov bo‘yicha o‘tayotgan Leonardo Farinya so‘roq vaqtida tan oluvchi ko‘rsatmalar bergandan keyin sobiq prezidentga qarshi ish ochishga qaror qildi.

Farinya so‘roq vaqtida Argentinaning sobiq prezidenti Kirshner va uning turmush o‘rtog‘i hamda sobiq rejalashtirish vaziri Xulio de Vido moliyaviy firibgarliklarga aloqasi borligini aytgan.

Top