00:56 / 10.04.2016
1521

Nafas yetishmayotgan bolaning sms-xabari 15 muhojirning hayotini saqlab qoldi

Angliyadan AQShga afg‘on bolasi tomonidan buzuq ingliz tilida yuborilgan sms-xabar yuk mashinasida ustidan yopib qo‘yilgan 15 nafar muhojirning hayotini saqlab qoldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Volontyor Lizz Klegg Nyu-Yorkdagi anjumanda o‘z telefoniga quyidagi mazmundagi xabarni olgan: “I ned halp darivar no stap car no oksijan in the car no signal iam in the cantenar. Iam no jokan valla” (“I need help driver no stop car no oksigen in the car no signal I am in the container. I am no joking” – “Menga yordam kerak. Haydovchi mashinani to‘xtatmayapti. Mashinada kislorod qolmagan. Cignal yo‘q. Men konteynerdaman. Ont ichamanki, men hazillashmayapman).

Ta'kidlanishicha, bu xabarni yozgan 7 yoshli Ahmad Kleggdan Fransiyaning Kale shahridagi muhojirlar qarorgohida mobil telefon olgan. Klegg u yerdagi bolalarga o‘zining telefon raqami bo‘lgan yuzlab telefonlarni favqulodda vaziyat vaqtida u bilan bog‘lana olishlari uchun tarqatgan.

Klegg xabarni olgach, Britaniyadagi hamkasbi bilan bog‘langan. U esa o‘z navbatida bu haqda politsiyaga xabar bergan. Huquq-tartibot muassasalari xodimlari ichida odamlar qamalgan yuk mashinasini Lestershirda aniqlashgan. Mashina ichidagi odamlar Buyuk Britaniyaga noqonuniy tushishga urinishda gumon qilinib hibsga olindilar. Ayni vaqtda ularning hayotlariga hech narsa xavf solmayapti.

Top