22:45 / 10.04.2016
1390

Saakashvili Yatsenyukning iste'fosiga izoh berdi

Odessa viloyati ma'muriyati rahbari Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga mamlakat bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning iste'foga ketish haqidagi arizasi olib kelinganda Poroshenko bilan uchrashgani haqida ma'lum qildi. Saakashvili bu haqda feysbukda yozdi.

"Men Ukraina prezidentiga Yatsenyukning iste'foga ketish haqidagi arizasini olib kelishganda u bilan birga edim. Bizning kurashimiz birinchi natijasini berdi, biroq rostini aytsam, oxirgi kunlardagi o‘zaro kelishuvlar va sahna ortidagi til biriktirishlar ortida menda xavotir uchun yetarlicha asos bor", deb yozdi Saakashvili.

Avvalroq Arseniy Yatsenyuk o‘z zimmasidan bosh vazir majburiyatlarini soqit qilayotgani ma'lum bo‘ldi.

12 aprelda bu qaror Oliy radaga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.

Top