18:45 / 10.04.2016
1431

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk iste'fo berdi

Arseniy Yatsenyuk Ukraina bosh vazirligi lavozimini tark etadi. Bu haqda uning shu haqdagi bayonotiga asoslanib, «Ukrainskaya pravda» xabar bergan.

«Men Ukraina bosh vazirligini tark etish haqidagi qarorga keldim. 12 aprel kuni bu qaror Oliy radaga kiritiladi», deyiladi uning bayonotida.

«Petro Poroshenko blokining parlament fraksiyasi hukumat rahbari lavozimiga Vladimir Groysman nomzodini ilgari surdi. Yo‘nalishning barqarorligi va izchilligini ta'minlash uchun Ukraina hukumati rahbarligi majburiyatlarini topshirish haqidagi qarorimni ma'lum qilaman», — dedi Yatsenyuk.

Top