23:54 / 11.04.2016
1717

Hindistonda elektr uzatish liniyasi simi odamlar ustiga tushishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning sharqidagi Assam shtatida politsiya bo‘limi oldida to‘plangan namoyishchilar guruhi ustiga elektr uzatish liniyasi simi tushishi oqibatida 11 odam halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Sim politsiya havoga o‘q uzishni boshlagandan keyin uzilib odamlar ustiga tushgani aniqlashtirilmoqda. Noxush voqea oqibatida 10 kishi tok urishdan, yana bir kishi politsiya bilan to‘qnashuvda halok bo‘lgan.

Politsiya bo‘limi yonida to‘planganlar ikki kishining qotilligida ayblanib hibsga olingan kimsalarni olomon qilish uchun berilishini talab qilishgan. Namoyishchilar yog‘och to‘qmoqlar, kamonlar va yoylar bilan qurollangan bo‘lganlar. Politsiya olomonni tarqatish uchun havoga bir nechta o‘q uzgan. Ta'kidlanishicha, bir nechta o‘q elektr uzatish liniyasi simiga tekkan va uning uzilishiga sabab bo‘lgan.

Top