12:09 / 11.04.2016
2092

Jahon banki Sharqiy Osiyodagi iqtisodiy o‘sish prognozlarini pasaytirdi

10 aprel kuni Jahon banki Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqalaridagi iqtisodiy o‘sish bo‘yicha yangilangan prognozlarini chop etdi. Mutaxassisilar o‘z qarashlarini pasaytirish foydasiga hal qilib, qayta ko‘rib chiqishdi.

Jahon banki ekspertlarining fikricha, bu mamlakatlarda hamda Xitoyda iqtisodiy o‘sish joriy yilda 6,3 foizni, 2017 yilda esa 6,2 foizni tashkil etadi.

Ko‘rsatkichning kamayishiga eng bosh sabablardan biri XXRning nisbatan me'yorlashtirilgan iqtisodiy taraqqiyotga o‘tishi bo‘ldi.

Xitoyning o‘zida bu ko‘rsatkich 2016 yil 6,7 foiz, 2017 yil 6,5 foizni tashkil etadi.

Mazkur prognozlar oktabr oyidan buyon o‘zgargani yo‘q. Xom ashyo narxining pasaygani ham raqamlarga o‘z ta'sirini o‘tkazmay qolmadi.

Top