01:17 / 11.04.2016
3960

Qatar yulduzlar ligasi: Rashidov va Tursunov to‘qnashuvida "Al Jayish" g‘alaba qozondi (Video + foto)

Qatar chempionatining 28-turida Sanjar Tursunovning jamoasi "Um Salal" o‘z maydonida Sardor Rashidov jamoasi "Al Jayish"ni qabul qildi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. "Al Jayish"ning ikkala to‘pi ham penaltidan kiritildi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida "Um Salal" futbolchisi Baba Malik maydondan chetlatildi va belgilangan penaltidan Abdulrazzoq Hamdalloh unumli foydalanib hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Tursunov jamoadoshlari hisobni tenglashtirishga erishishdi ammo yana o‘sha Hamdalloh 74 daqiqada belgilangan penaltidan gol urib jamoasining g‘alabasini ta'minladi. Ushbu g‘alabadan so‘ng "Al Jayish" 47 ochko bilan turnir jadvalining 2 pog‘onasiga joylashib olgan bo‘lsa, "Um Salal" 38 ochko bilan 5 o‘rinda bormoqda.

Sanjar Tursunov o‘yinning boshidan oxirigacha harakat qildi, Sardor Rashidov esa uchrashuvning 59 daqiqasida almashtirildi. 

Qatar yulduzlar ligasi, 25-tur.

"Um Salal" - "Al Jayish" 1:2
Gollar:
Hamdalloh 17 pen, 74 pen, Al-Hamdoviy 61.
Ogohlantirish: Mussa 38, Silva 46, Ahnash Al 64.
Chetlatish: Baba Malik 16.

"Umm Salal" -30. Baba Malik, 6 Javod Oqil(s), 2 Umar Yahyo, 4 Ismoil Ibroxim, 7 Sanjar Tursunov, 8 Odil al Sulaymoniy, 10 Ismoil Mahmud, 11 Munir al Xamdaui, 15 Ali Bazmandegan, 23 Velington, 55 Abdulqodir Ilyos.

"Al-Jaish"- 16 Xalifa Abubakar, 19 Abdurahmon Abakar, 2 Murod Naji, 4 Lukas Mendes, 6 Abubakar Isa, 9 Abdulrazzoq Xamadallah, 10 Sardor Rashidov (Majid Muhammad 59), 17 Atman Alavi, 23 Xolid Abdulrauf, 27 Ahmad Main, 31 Romarino.
Chetlatish: Baba Malik 14

Top