12:27 / 12.04.2016
1536

AQShda Endi Uorholning 500 ming dollarga baholanayotgan 7 ishi o‘g‘irlangani ma'lum bo‘ldi

AQSh huquqni himoya qilish organlari amerikalik rassom Endi Uorholning (1928-1987) yettita tasviriy san'at namunasini qidirishmoqda, ularda "Kempbell" (Campbell) kompaniyasi sho‘rvalarining konserva bankalari tasviri bo‘lgan. Bu haqida TASS federal qidiruv byurosi (FQB) ma'lumotiga asoslanib xabar berdi.

Gap o‘nta kartinadan iborat mavzuviy siklning yettita ishi haqida bormoqda, ularning qiymati 500 ming dollarga baholanadi. San'at asarlari Springfildagi (Missisipi shtati) muzeydan o‘g‘irlab ketilgan.

FQB jinoyat qay tarzda amalga oshirilganiga aniqlik kiritmadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 1985 yildan beri muzeyda saqlanib kelinayotgan kartinalar 7 aprel kuni o‘g‘irlab ketilgan. Hukumat san'at asarlarini topishga yordam beruvchi ma'lumot evaziga 25 ming dollar hajmda mukofot puli taklif qilmoqda. Kartinalarning hajmi - 94X62 sm.

Endi Uorhol - pop-art yo‘nalishining taniqli namoyondasi. 1962 yilda u o‘zining mashhur "Yashil rangli Koka-kola butilkalari" va "Kempbell sho‘rvalari bankalari" kartinalarini yaratgan. Shundan so‘ng u yulduzlar bilan suratkash va rassom sifatida faol hamkorlik qila boshladi.

Top