08:58 / 12.04.2016
1743

WhatsApp’da Braziliya vitse-prezidenti Russeffning iste'foga ketishi haqida aytgan gaplari tarqaldi

Braziliya vitse-prezidenti Mishel Temerning mamlakat prezidenti Dilma Russeffning impichmenti holati uchun oldindan yozilgan nutqi xatolik tufayli OAVga chiqib ketdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Temer jurnalistlarga milliy birdamlik hukumatini tashkil qilishga chorlangan ovozli xabar unga yaqin bo‘lgan siyosatchilarga yo‘llanganini aytdi. Siyosatchilar Temerdan agar Russeff impichment oqibatida lavozimidan ketsa, u mamlakatni boshqara olishi-yo‘qligi haqida so‘rashgan. Temer bu xabar WhatsApp messenjerida boshqa noto‘g‘ri guruhga yuborilganini aytdi.

Avvalroq Dilma Russef o‘z raqiblarining korruptsion mojaro sababli iste'foga ketishi kerakligi haqidagi talabini rad etgandi.

Top