13:42 / 12.04.2016
1446

Pentagon rahbari AQSh va Hindistonni harbiy hamkorlikni mustahkamlashga chaqirdi

Pentagon rahbari Eshton Karter The Economic Times nashridagi maqolasida AQSh va Hindistonni harbiy hamkorlikni mustahkamlashga chorladi.

Karter 10-12 aprel kunlari Hindistondagi tashrifi chog‘ida ikki tomonning qiruvchi texnologiya va aviatashuvchilar bo‘yicha hamkorligining rivojiga umid qilishini ta'kidladi. Shu bilan birga u ilmiy-texnologik sohadagi hamkorlikka ham urg‘u berdi.

Bundan tashqari, Karter Osiyo-Tinch okeani mintaqasida "AQSh, Hindiston va mintaqadagi har bir mamlakat uchun foydali bo‘lgan taraqqiyot va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida" Hindiston bilan hamkorligini davom ettirishga umid bildirdi.

Top