18:18 / 12.04.2016
1616

Putin Yerda o‘zaro tushunmovchiliklar bo‘lishiga qaramay, kosmosda AQSh bilan aloqalar rivojlanishiga umid qilmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yerdagi o‘zaro munosabatlarga muammolarga qaramasdan, AQSh bilan kosmosda hamkorlikni davom ettirishga umid qilmoqda. Bu haqida TASS agentligi xabar bergan.

"Yerda qanday muammolarga duch kelmaylik, kosmosda odamlar yelkama-yelka turib, bir-birlariga yordam berib ishlamoqdalar, nafaqat davlatlar, balki butun insoniyat oldidagi juda muhim vazifalarni bajarmoqdalar. Biz bunga juda katta e'tibor qaratamiz", - dedi Putin.

U shuningdek, kosmosdagi o‘zaro hamkorlik AQSh bilan munosabatlarda muhim yo‘nalish ekanligini ta'kidladi.

Top