00:15 / 12.04.2016
2212

Uddaburon ixtirochi reaktiv xoverbordni yaratdi

Frantsuz ixtirochisi Frenk Zapata YouTubeda o‘zining yangi ixtirosi – Flyboard Air reaktiv xoverbordini sinayotgani videosini yukladi. Bu haqida Gizmag nashri xabar berdi.

2011 yilda Zapata sayohatchilarning sevimli ko‘ngilochar o‘yiniga aylagan Flyboard qurilmasini yaratgan edi. Bu ixtiroda uchar taxtaga suvni bosim bilan chiqarib berib, reaktiv kuchni hosil qiluvchi shlang ulangan edi. Zapata o‘zining yangi ixtirosida shlangdan va suv bosimidan voz kechdi.

 

Yuklangan videoda Zapata xoverbord bilan ko‘lning ustidan 30 metr balandlikka ko‘tarilganini ko‘rish mumkin. Ixtirochining va'dasiga ko‘ra, qurilmaning yakuniy varianti 150 km/s tezlikka erisha oladi, uchuvchini esa 3000 metr balandlikka ko‘tara oladi va xoverbord 10 daqiqa havoda uchib tura oladi.

Yoqilg‘i idishi uchuvchining orqa tarafida joylashgan bo‘lib, xoverbordni maxsus pult orqali boshqarish mumkin bo‘ladi.

Top